"Ayntraxt" darvozaboni: "O'z muxlislarimizni xursand qilishni xohlaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi darvozaboni Kevin Trapp jamoasi haqiqatan ham o'z muxlislarini yana xursand qilishni xohlayotganini tan oldi.
Trappning aytishicha, o'tgan mavsum uning jamoasi uchun shunchaki aql bovar qilmaydigan bo'lgan va bunda muxlislar alohida rol o'ynagan. Darvozabon “Barselona”dagi “Ayntraxt”ning 30 ming muxlisini hech qachon unutmasligini ta'kidladi.
"Biz yana muxlislarni xursand qilishni xohlaymiz, chunki ular bizga buning evaziga nima berishlarini bilamiz", - deya qo'shimcha qildi Trapp.
Eslatib o'tamiz, bugun, 10 avgust kuni Xelsinkida "Real" va "Ayntraxt" o'rtasidagi Evropa Superkubogi bahsi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!