"Sassuolo" Berardi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
"Sassuolo" vinger Domeniko Berardi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
"Biz uning shartnomasini uzaytirish imkoniyati haqida gapiryapmiz. Biz har doim uni "Sassuolo"ning eng muhim futbolchisi ekanligini aytib kelganmiz", - dedi klub bosh direktori Jovanni Karnevali Sky Sports nashriga.
Berardi deyarli butun faoliyatini "Sassuolo"da o'tkazdi, 2013 yildan 2015 yilgacha "Yuventus"da 2 yil bundan mustasno. U 326 ta o'yin o'tkazib, 121 ta gol urdi va 84 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!