So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Havaskor triatlonchilar Respublika chempionati doirasida bahs olib borishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
Xabar berganimizdek, bugun Toshkentda triatlon bo'yicha havaskorlar o'rtasida Respublika turniri bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqani tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad terma jamoa uchun zahira sportchilarni saralab olishdan tashqari, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ularni sportga keng jalb qilishdan iboratdir. May oyi O'zbekiston MOQ tashabbusi bilan yurtimizda “Sport oyligi” deb e'lon qilingan. Ushbu musobaqa ham mana shu oylik doirasida aholini ommaviy sportga jalb qilishda o'z ahamiyatiga ega. Mazkur musobaqa O'zbekiston triatlon federatsiyasi, “I Love Supersport” Xalqaro sport maktabi va “Coca-Cola” kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, unda Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ma'lumki, triatlon o'zida sportning 3 yo'nalishini qamrab olgan. Bellashuvlar havaskorlar o'rtasida o'tishi inobatga olinib, ishtirokchilar 750 metrga suzish, 20 kilometrga velopoyga va 5 kilometrga yugurish bo'yicha bahs olib borishdi. Musobaqa yakuniga ko'ra, Andrey Sharipov erkaklar o'rtasida marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi. Uning qayd etgan natijasi 1 soat, 5 daqiqayu 21 soniyani tashkil qildi. Ayollar o'rtasida 1 soat, 30 daqiqa, 53 soniya natija ko'rsatgan Olga Pankratova g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ta'kidlash joiz, ushbu turnir iyul oyida Qozog'istonning Nur-Sulton shahrida o'tuvchi “IRONMAN 70.3 Astana” turniri oldidan saralash vazifasini ham o'tab berdi.