Ferdinand Ronaldu o'rniga kim kelishi kerakligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Rio Ferdinand mankunianliklarga "Brayton"da ijara asosida o'ynayotgan Danni Uelbekni qaytarishni maslahat berdi.
“Uelbek “Yunayted”ga qarshi o'yinda ajoyib ish qildi. Bu xuddi o'n yil oldingi "Real"ga qarshi o'yiniga o'xshardi. Agar "Manchester Yunayted"ga zaxira hujumchisi kerak bo'lsa, u holda Uelbekni tanlashi kerak", dedi Ferdinand You Tube'dagi kanalida.
Uelbek "Qizil iblislar" akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. U 2001 yildan 2014 yilgacha klubda bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!