So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Aprel oyining eng yaxshi darvozaboniga ovoz berish jarayoni boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 931
Xabaringiz bor, O'zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilgi mavsumning har oyidan keyin to'rt yo'nalish bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab keldi: eng yaxshi murabbiy, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol. Tashkil etilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz to'play olgan nomzodlar tashkilotning eng yaxshilar uchun atalgan statuetkalarini qabul qilib olishdi.
2019 yilgi mavsumda ham mazkur an'anani davom ettiramiz. Joriy yildan e'tiboran Tribuna.uz nashri oy laureatlarini aniqlashda axborot hamkori sifatida ishtirok etadi. Artel savdo belgisi esa oyning eng yaxshilariga o'z smartfonlarini taqdim etadi.
Eng yaxshilarni aniqlash shartlari o'zgarmaydi. Coca Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko'rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o'rinda ko'rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o'rindagilar 2 va 1 ochkolik bo'ladi. Shuningdek, Tribuna.uz nashri futbol muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo'lib, birinchi o'rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo'lga kiritadi. Yakunda eng ko'p ball to'plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e'tirof etiladi.
Ortda qolgan aprel oyida Superligada 4 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Mazkur o'yinlarda bir qator darvozabonlar ishonchli o'yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishiga sazovor bo'lishdi. Quyida aprel oyi yakunlariga ko'ra, eng yaxshi bo'lish uchun da'vogarlar ro'yxatini taqdim etamiz. Siz o'z nomzodingizga Tribuna.uz saytida ovoz berish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Aprel oyining eng yaxshi darvozaboni bo'lish uchun nomzodlar:
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
O'tkir Yusupov |
Navbahor |
3 o'yin – 2 quruq o'yin – 6 seyv |
Asilbek Omonov |
Surxon |
4 o'yin – 3 quruq o'yin – 6 seyv |
Murod Zuxurov |
Bunyodkor |
4 o'yin – 2 quruq o'yin – 8 seyv |
Javohir Ilyosov |
Lokomotiv |
4 o'yin – 2 quruq o'yin – 4 seyv |
Sanjar Quvvatov |
Paxtakor |
4 o'yin – 2 quruq o'yin – 3 seyv
|