Vernerning transferi kelasi hafta boshida e'lon qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
“Chelsi” hujumchisi Timo Verner “Leyptsig”ga qaytishga yaqin turibdi. Kelishuv dushanba kuni yakunlanishi mumkin, deb yozadi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchi transfer amalga oshishi uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga tayyor.
6 avgust, shanba kuni Verner London klubining Angliya Premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan “Everton”ga (1:0) qarshi o'yin uchun qaydnomasida yo'q edi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi 2016 yildan 2020 yilgacha "Leyptsig"da o'ynagan. Nemis futbolchisi klub uchun 156 uchrashuvda 90 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!