Allegri "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoasining “Atletiko”ga (0:4) qarshi mavsumoldi o'yinidagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
“Bu mag'lubiyat bizga yaxshilik qiladi. Albatta o'yin mavsumoldi bosqichida, lekin biz bahona qilmaymiz. Yagona echim bor - diqqatni jamlash va A Seriyaning birinchi turidagi o'yinga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rish.
Biz umidsizlikka uchragan daqiqalardan unumli foydalanishimiz kerak. Tayyorlanishimiz uchun bir hafta bor. Rasmiy o'yinlarda yondashuv butunlay boshqacha bo'ladi”, - dedi Allegri.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!