Kavani "Valensiya"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Janluka Di Martsioning xabariga ko'ra, 35 yoshli urugvaylik futbolchi "Valensiya"ning qiziqish doirasiga tushib qolgan.
Oldinroq hujumchi tez orada "Boka Xuniors" futbolchisiga aylanishi haqida xabar berilgandi.
1 iyuldan boshlab Kavani erkin agent maqomiga ega, chunki uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi tugadi. OAV Kavaniga “Montsa”, “Vilyarreal” va Dortmundning “Borussiya” klublari qiziqish bildirayotgani haqida yozishdi.
Kavani o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!