Ferdinand: "Ronaldu — har mavsum gollarni kafolatlaydigan qariya"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand “qizil iblislar” hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. 37 yoshli portugaliyalik hujumchi yozda jamoani tark etish istagi borligini yashirmadi.
"Ko'pchilik Krishtianudan qutulish kerak deb o'ylaydi. Ammo uning o'rnini bosadigan odam bormi? Bir mavsumda kamida 25 ta gol ura oladigan futbolchi bormi? Ronalduga g'amxo'rlik kerak bo'lsa ham, uni qo'yib yubora olmaysiz. Bu chol har mavsumda jamoa gollarini kafolatlaydi”, - deydi sobiq futbolchi.
Kriro "Yunayted"ni Chempionlar ligasining yangi mavsumida o'ynaydigan klubga almashtirmoqchi. “Qizil iblislar” so'nggi mavsumda oltinchi o'rinni egalladi va Yevropa Ligasida o'ynaydi.