"Chelsi" hujumkor futbolchisini ijaraga berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 69
Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo'lgan hujumkor yarim himoyachi Kallum Xadson-Odoi joriy transfer oynasida o'z klubini o'zgartirishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, futbolchining Premer-ligada qolish imkoniyatlari bor.
Jurnalistga malum bo'lishicha, "Sautgempton" vinger uchun yangi ish joyiga aylanishi mumkin. "Avliyolar" London klubi vakillari bilan bog'lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilishgan. "Sautgempton" Kallumni 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi.
Xadson-Odoi o'tgan mavsumda Premer-ligada 15 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!