"Tottenxem" Mourinodan etakchisi futbolchsiini "o'g'irlamoqchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo Italiya A seriyasini Angliya premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin. AS jurnalistlarining xabar berishicha, 23 yoshli yarim himoyachiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "shporlar" Italiya tomoni bilan muzokara jarayonini boshlab yuborgan. Avvalroq Turinning “Yuventus” klubi Dzanolo uchun asosiy da'vogar sanalgan, ammo “keksa sinora” “bo'rilar” bilan kelisha olmagandi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsumda klubda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 8 gol va 9 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!