Vinisius "Real Madrid"ning kayfiyati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Evropa Superkubogi doirasidagi “Ayntraxt”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida gapirdi.
“Har bir o'yinda g'alaba qozonishga tayyorlanish juda muhim, bu bizning klub qonida bor. Jamoa yangi mavsum startini bezatish uchun bor kuchini sarflaydi. Biz bunday uchrashuvlarda qanday harakat qilishni juda yaxshi bilamiz. "Real Madrid" buni Chempionlar ligasida to'liq isbotladi", - deb yozadi Marca nashri braziliyalik hujumchining so'zlarini.
Ispaniya va Germaniya klublari o'rtasidagi duel 10 avgust, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!