So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. «Tottenxem» 9 kishi bo'lib o'ynab, mag'lub bo'ldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4069
Angliya premer-ligasida mavsum oxiriga kelib top-klublar haddan tashqari ko'p ochko yo'qotmoqdalar. Ushbu "an'ana"ni bugun "Tottenxem" davom ettirdi.
"Bornmut"ga qarshi o'yinda "shporlar"ning ikki futbolchisi maydondan chetlatildi. Bahsning 43-daqiqasida Son Xeung Min, ikkinchi bo'lim boshida esa zaxiradan tushganiga hali 3 daqiqa ham bo'lmagan Xuan Foyt to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olishdi. Demak, bu futbolchilar so'nggi turda "Tottenxem"ga yordam bera olishmaydi.
To'qqiz kishi bo'lib qolgan londonliklar himoyalanishga majbur bo'lishdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Natan Ake "Bornmut"ga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu mag'lubiyatga qaramay, "Tottenxem" hisobida 70 ochko bor. Ular bugun g'alaba qozonishganida EChL yo'llanmasini hal qilishar edi. Jamoa so'nggi turda "Everton"ni mag'lub etishi talab etiladi.
APL, 37-tur
Bornmut – Tottenxem 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Ake.
Bornmut – Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.
Tottenxem – Loris, Rouz, Tripper, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Xeung Min.
Ogohlantirishlar: Dayer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).
Chetlatishlar: Son Xeung Min (43), Foyt (48).