Jota: "Shu erda ekanimdan faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Liverpul" futbolchisi Diegu Jota yangi bitim imzolagani haqida xabar qilgan edik. Hujumchi bu haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. U shunday deydi:
"Bundan faxrlanaman. Bu erga kelganimdan buyon ikki yil o'tdi. Bu vaqt ichida esa jamoaning muhim futbolchisiga aylandim. Boshidan shuni orzu qilib, shuni maqsad qilgandim. Bugun yangi bitimga imzo chekdim. Bu esa klub rahbariyati menga ishonishini anglatadi. Bu uchun esa rahmat aytaman. Yangi mavsumda yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilaman".
Jota 2027 yilga qadar "Liverpul" futbolchisi sifatida qoladi.
Manba: caughtoffside.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!