"Barselona" Alonso bilan kelishuvga erisha olmasa, Anxelino bilan shartnoma imzolashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
“Leyptsig” himoyachisi Anxelino faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko'ra, "Barselona" 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga qiziqish bildirimoqda. Kataloniya klubi "Chelsi" himoyachisi Markos Alonso bilan kelisha olmasa, futbolchini transfer qilish imkonini ko'rib chiqmoqda.
Anxelino o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 13ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!