"Nyukasl" "Lester" etakchisi uchun taklifini oshirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Nyukasl" "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi jurnalist Ekrem Konur.
Manba bergan xabarga ko'ra, "hakkalar" yozgi transfer oynasida futbolchini sotib olish niyatida va u uchun 50 million evro to'lashga tayyor.
25 yoshli Meddison o'tgan mavsumda "Lester" safida barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!