So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Firmino "Yuventus" o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino "Yuventus"ga o'tishi haqida gapirdi.
“Men "Liverpul"ni, bu shaharni va muxlislarni yaxshi ko'raman. Men shu erdaman. Albatta, qolishni xohlayman", — deb futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda TNT Sports Brasil.
Avvalroq "Yuventus" "Liverpul2 bilan Firminoning transferi borasida muzokara boshlagani haqida xabar berilgandi. Ma'lum qilinishicha, tomonlar transfer summasi borasida kelisha olmayapti, chunki ingliz klubi braziliyalik futbolchi uchun kamida 30 million evro olmoqchi.
Firmino "Liverpul"ga 2015 yilda "Xoffenxaym"dan kelib qo'shilgan edi. 30 yoshli braziliyalik hujumchi o'tgan mavsumda Premer-ligada 20 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.