So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ten Xag yana Ronaldu haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning Angliya Premer-ligasidagi o'yinlariga tayyorligi haqidagi savolga javob berdi.
"Manchester Yunayted" chempionatning ochilish o'yinini 7 avgust kuni o'z maydonida "Brayton"ga qarshi o'tkazadi.
“Ronaldu qachon Premer-ligada o'ynay oladi? Hozir javob bera olmayman. U tayyorgarlik bo'yicha qolgan futbolchilardan ortda qolmoqda, chunki u bir necha haftani o'tkazib yubordi. Krishtianuga hozir o'yinlar va ko'p mashg'ulotlar kerak", - dedi Ten Xag Sky Sports nashriga.
Matbuotda Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish istagi haqida ko'p gapirilmoqda. Portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasida o'ynashni istaydi, ammo "Manchester Yunayted" bu turnirda ishtirok etmaydi.