So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
La Liga prezidenti: "Barselona" qonun va ma'suliyatni biladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
La Liga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongdan maoshini kamaytirishni so'ragani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Futbolchilarni jamoadan ajratib bo'lmaydi yoki ularga bosim o'tkazib bo'lmaydi - bu qonun, aql va axloq asosida jamoa shartnomasiga kiritilgan. "Barselona" qoidalar va mas'uliyatni biladi", - deya Tebasning so'zlarini keltirgan Infobae.
Avvalroq "Barselona" 25 yoshli futbolchiga ultimatum qo'ygani haqida xabar berilgandi: u yo maoshini kamaytirishga rozi bo'lishi yoki Kataloniya klubini tark etishi kerak.
De Yong o'tgan mavsumda kataloniyaliklar safida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.