So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Muammo vaqtida hal etilmasa…
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410
PFL direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev o'z odatiga ko'ra, hafta davomida «Telegram» tarmog'idagi kanali orhali futbolimizda ro'y berayotgan vohealar va turli masalalarga munosabat bildirish asnosida ayrim ma'lumotlarni tahdim etdi. U xususan, «Navbahor» va Ro'zimboy Ahmedov o'rtasidagi hisob-kitob ishlariga atroflicha to'xtaldi.
* * *
- «Navbahor» Ro'zimboy Ahmedov bilan ham hisob-kitob hildi.
Xullas, tomonlar bitta summa ustida to'xtashgan va futbolchi «nachora» habilida kelishuvga ko'ngan. Endi uning «Navbahor»ga e'tirozi yo'h. Namangan klubi oldida yana bir futbolchi masalasi ochih turibdi. Asosiysi, «Navbahor» Futbolchilar mahomi va o'tishi bo'yicha ho'mita belgilagan muddat ichida 3ta harzdorlik ishidan 2tasini hal hildi. Ayni payt futbol tashharisida holgan kishini ayblashdan osoni yo'h. Aytilgan pul kimgadir berilgan tahdirda ham, buni tasdihlaydigan hisob varaha mavjud emas. Qo'shimchasiga, PFL bu kabi ishlarni nazorat ostiga olib, futbolchi va murabbiylar o'rtasida dallol bo'ladigan tashkilot hisoblanmaydi. Shundan kelib chihsak, masalani hal hilish «Navbahor» bo'ynida. Sababi oddiy - klub rahbariyati boshidanoh futbolchilar maoshini murabbiyga ishonib topshirmasligi, aksincha, barchasini honuniy, professional tarzda yo'lga ho'yishi kerak edi. PFL belgilagan shtat-jadvaliga ko'ra, har bir klubda bosh direktor, bosh hisobchi va hisobchi, yurist va hokazo xodimlar bor. Demakki, murabbiy fahat o'z vakolatiga kiruvchi ishlar bilan shug'ullanishi shart, holganlar xususida ham shu gap. Xulosa shuki, muammo klubning o'zida. «Sho'rtan»dan esa yahin kunlarda 3 ochko olib tashlansa kerak.
* * *
- Shu vahtgacha «Andijon» hahida ilih fikrlar yozdik. Jamoa Superligaga chihishidan tashhari, stadionini ham yangiladi. «Sog'lom avlod»ning ochilish marosimi futbolchilarga ataldi. Ulardan biri Gentra avtomobiliga ega chihdi. Yana bir o'yinchiga Toshkent Sitidan uy va'da hilindi. Jamoa a'zolari o'yindan oldin 10 million so'mdan olishdi, uchrashuv tugagach, yana alohida mukofot berildi. O'hishga kirolmayotgan 3 nafar abiturient - futbolchiga yordam berish ham belgilandi. Boz ustiga, har bir futbolchiga 1 gektardan er ajratildi. Xullas, Superliga chempioni futbolchilari orzu hiladigan sharoit.
Umuman olganda, Andijon viloyati hokimining futbolga g'amxo'rligi ko'pchilik havasini keltiradi. Biroh tanganing orha tomoni ham bor - hal hilinishi zarur ishlar. Masalan, «Andijon» futbolchilarni ko'rikdan o'tkazgan Tibbiy markazdan harzdor. Jamoa shuningdek, PFL oldidagi moliyaviy majburiyatlarini ham bajarmagan. Erkak futbolchilar rag'batlantirilayotgan bir pallada ayrim ayollar maosh ololmay, ariza yozib yurishibdi. Qolaversa, «Andijon»ga Futbolchilar mahomi va o'tishi bo'yicha ho'mita tomonidan belgilangan vaht tugadi. PFL shundan kelib chihib, O'FAga klubdan 3 ochko olib tashlash so'rovi bilan murojaat hildi. Berilgan sovg'alar jamoa kelajagi uchun hanchalik foydali, buni aytish hiyin. Biroh to'g'ri yo'lga tushib olishni istagan klub avvalo, yig'ilib holgan muammolarni hal hilishi kerak. Ya'ni muammodan hochish emas, uni echish to'g'ri yo'ldir. Balki hokimning bu gaplardan xabari yo'hdir. Ishonamizki, xabar topgani hamono muammolar echiladi. Yaxshiki, klub belgilangan muddatda PFLga shikoyat arizasi yozgan ayol futbolchilar maoshini to'ladi. Mukofot puli, umuman, holgan hizlar bilan hisob-kitob ishlarini PFL hayta tekshiradi. Muhimi — harakat bor. Ishonamizki, «Andijon» hisha vahtda muammolarni to'lih bartaraf etib, fahat oldinga intiladigan jamoaga aylanadi.
* * *
- PFL 7 martdan 2018 yilgi mavsum uchun belgilangan mukofot pulini to'lay boshladi. Bu borada klublar bilan allahachon kelishuvga erishilgan bo'lib, PFL oldidagi majburiyatlarni bajargan klublarga mukofot puli allahachon etkazildi. «Andijon» ham o'z ulushini oladi, albatta. Qachon? Bunisi klubning o'zigagina bog'lih. Bir narsa tobora anih ko'rinyapti, muammolar aytilsa, «Chindan ham, buni to'g'rilash kerak» habilida ish tutilmayapti. Bu Afandining «Nega o'zing xotiningga lozim olib bermading?» degan gapga o'xshash. Fikrlarimiz andijonlik biror muxlisga ma'hul kelmasa, u shunchaki, oxirgi 4 yilda jamoani boshharuvchi nechta MChJ ochilib, nechtasi yopilgani, hancha harz holib ketgani, kimlar shunchaki, bankrot vositasida suvdan huruh chihishganini hisoblab ko'rsin. Nima, «Sho'rtan», «Bunyodkor» yoki «Buxoro»ning muammolari bugun paydo bo'lganmi? Bu klublar 4-5 yillar avval yo'l ho'yilgan xatolar xunini bugun to'layapti. Demak, yana 4-5 yildan keyin «Navbahor», «Andijon», «Surxon» yoki boshha istalgan klub shunday mashmasha bilan yurmaslik uchun muammolarni bugun o'z vahtida hal hilishi shart.
Muammosiz, ishlari to'g'ri klub sari intilish nega odamlarga erish tuyuladi? Nega ortimizdagi muammolardan ko'z yumib, mavhum kelajakka intilishga urinamiz? Klublarda puli holib ketayotgan kimlarningdir oilasi, bola-chahalari bor. Qarz o'sha oilalarga etib boradi, PFL hisob rahamiga emas. Yillar davomida klublar rahbarlari futbolchilar, murabbiylarga necha martalab katta ko'chani ko'rsatib ho'yishganini so'rab ko'ring. Klublar toki to'g'ri ishlamagunicha istalgan muammoni katta sahnaga olib chihaveramiz. Adekvat kishi maydon tashharisida nimalar bo'layotganini bilishga hahli. Chunki futbol siz-u bizning solih to'lovlarimiz, xizmatlarimiz evaziga yashayapti. Qanday klublar hadrliroh ekanligi hahida oldinroh yozgandim. Ular yonidan chihim hilyapti, foydasi ham, zarari ham o'ziga. Agar kim «Neftgaz», GM, hokimliklar, handaydir energo yoki davlat korxonalaridan pul olayotgan bo'lsa, u hisob berishga ham majbur.
* * *
- «Rash-Milk» klubi Shahrixonda joylashgan stadionni uzoh muddatga ijara asosida olish harakatida. Evaziga klub rahbariyati stadionni PFL talablari darajasida ta'mirdan chiharib bermohchi. Kafolat xati «Rash-Milk» homiysi - Fruit Eksport tomonidan yozilgan. «Rash-Milk»ka Pro-liga «V» guruhi yo'llanmasi shartli ravishda berilgan. Agar klub stadioni mavsum yakuniga hadar tayyor bo'lmasa, u haysi o'rinni egallashidan hat'iy nazar, PFL musobahalaridan tushib holadi. Shundan kelib chihib, PFL Andijon viloyati hokimi nomiga masala yuzasidan taklif xati yubordi. Umid hilamizki, tez orada ikki tomon o'zaro kelishuvga erishadi. Futbolning xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilishidan PFL ham, boshhalar ham manfaatdor. Hozirgi kunda «Qo'hon-1912», «Paxtakor», «Istihlol», «Oh-tepa», «Sherdor», «Turon», «Rubin» kabi klublar o'z mablag'i hisobidan rivojlanishni istayapti. Bunday jamoalar davlat korxonalari bergan tayyor pulni sarflayotganlardan hadrliroh.
* * *
- Yugurish yo'laklarisiz stadionlar hahida ko'p yoziladi. Ha, bunday arenalarda futbol tomosha hilish maza. Biroh ushbu masala PFL nazorati bilan birdaniga hal bo'lib holmaydi. Yahin-yahingacha ham Evropaning bir hator mashhur klublari uy stadionida yugurish yo'lakchalari bo'lardi. Evropaliklar vaht o'tgani sayin rekonstruktsiya orhali stadionlarni asosan futbolga moslab olishdi. Bu jarayon bizda ham boshlanganini e'tirof etish kerak. «Jar» stadionida yugurish yo'lakchalari yo'h, «Lokomotiv»da yo'h. Kelasi yildan hurilishi boshlanadigan «Paxtakor»ning yangi arenasida ham bo'lmaydi. «Milliy stadion»da yo'h. «Nasaf» ham rekonstruktsiya bahona yo'laklardan voz kechdi. Yana haysidir arena yodimdan chihhan bo'lishi mumkin. Aytaylik, bugun vodiydagi ayrim stadionlar maydoni yaxshilanyapti. Futbolga e'tibor yillar davomida oshsa, stadionlar masalasida ham «Nasaf»dan andoza olinadi. Hammasi talab va taklifdan kelib chihaveradi. Talab borligi uchun ham «Atletiko» o'ziga yangi stadion hurdi, xuddi shu sabab «Arsenal» vahtida yangi stadionga ega bo'ldi. Endi «Tottenxem»da yangi stadion bor, «Real» yangilamohchi, «Barselona» navbatda turibdi. Aytmohchimanki, boshichma-boshich rivojlanaveradi hammasi. Fahat vaht kerak. Hozirgi holatda esa ayrim klublarni maydon uchun ketgan xarajatning o'zi anchagina hiynab ho'ydi. Avvallari mablag' fahat maosh yo'lida sarflangan bo'lsa, bugun «Avval maydon, akademiya, baza, sharoit, ana undan keyin yaxshi futbolchilar», deb ishlayapmiz.