So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Siyosat, madaniyat va madhiya… Yoxud Xitoyning futbolchilar uchun yangi shartlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2657
South China Morning Post nashri ma'lumotlariga ko'ra, Xitoyda futbolchilarni mahalliylashtirish qoidasini keskin qat'iylashtirishdi.
Endilikda mamlakat fuqaroligini olib, chin yurti terma jamoasida o'ynashni xohlovchi xorijliklar bir qator talablarni bajarishlari shart. Xitoy pasportiga da'vogar o'yinchi oldiga qo'yiladigan asosiy talablar:
1. Xitoy tarixini o'rganish (maxsus kursda o'qish asnosida)
2. Xitoy kommunistik partiyasi g'oyalari, mamlakat madaniyati va mahalliy tilni bilish, shuningdek, siyosiy ta'lim olish
3. Xitoy madhiyasini yodlash
O'qitish jarayonini futbolchining klubi tashkillashtiradi va barchasini alohida tayinlangan mutasaddilar nazorat qilishadi.
Xitoy qonunchiligiga ko'ra, boshqa mamlakat fuqarosiga mahalliy pasport berilmaydi. Oddiy aytganda, Xitoy pasportini olishni istagan kishi o'z vatani fuqaroligidan voz kechishi kerak. Aytgancha, norvegiyalik 21 yoshli Yon Xou Seter Xitoy fuqaroligini olgan birinchi futbolchi bo'ldi. U Norvegiyaga aynan Xitoydan ko'chib ketgan ayolning farzandidir.
Xullas, Yon Xouning ismi-sharifi o'zgardi - Xoy Yunxen. Norvegiyalik iqtidor egasi ayni payt «Pekin Gouan»da Sedrik Bakambu va Renato Augusto kabi mashhur futbolchilar bilan birga o'ynamoqda. Xullas, Xoy onasining orzusi (u o'g'lini Xitoy terma jamoasi safida ko'rmoqchi) yo'lida Norvegiyadan mutlaqo voz kechdi, garchi yoshlar toifasidagi xalqaro turnirlarda skandinaviyaliklar sharafini himoya qilgan bo'lsada.
Keyinroq «Arsenal»ning sobiq futbolchisi Niko Yennaris ham Xitoy pasportini olib, ismi-sharifini o'zgartirdi - Li Ke. Unga ham onasining xitoylik ekanligi qo'l keldi. Angliyalik yana bir o'yinchi - Tias Brauning fuqarolik olish yuzasidan endi ariza topshirgan. Uning bobosi xitoylik, o'zi hozirda «Guanjou Evergrand»da Paulino va Taliska bilan birga o'ynamoqda.
Vaqtida Gabon termasi sharafini himoya qilgan «Shanxay Shenxua» vakili Aleksander Ndumbu ham xitoylikka aylandi - Tsyan Tszigey, lekin u Chin yurti milliy jamoasida o'ynolmaydi.
Umuman, xorijlik futbolchilarga fuqarolik berish - mamlakat rahbari Si Tszinpin tomonidan qabul qilingan loyihaning bir qismi. Chunonchi, futbolga mehri baland Tszinpin JChni Xitoyda o'tkazish va hattoki, 2050 yilga qadar jahon kubogini yutishga qaratilgan katta loyihani tasdiqlagan...