So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Uzr so'radi va xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 218
Ikki hafta muqaddam «Ayntraxt» himoyachisi Martin Xintereggerni reaktsion siyosatchilar bilan aloqada bo'lgan paytida tutib oldilar.
Oqi-batda Germaniyada megamojaro yuz berib, klub o'z reputatsiyasiga putur etmasligi uchun himoyachini sotish harakatini boshlab yubordi.
Aslida Xintereggerni avvalroq sotib yuborishlari ham mumkin edi: may oyi oxirida himoyachi Avstriyaning Kleine Zeitug gazetasiga bergan intervyusida «Ayntraxt» undan forig' bo'lish niyatida ekanligini, ammo o'zi buni istamasligi, jamoa bilan EChLda o'ynamoqchiligini bayon etgandi. Biroq endi 29 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi.
«Futbolni tark etish fikri ilk marta o'tgan yil kuzida paydo bo'lgandi. O'shanda o'yinimda murakkab davrni boshdan kechirgandim. G'alabalar etarli zavq-shavqni bermay qo'ygan, mag'lubiyat alami esa ikki baravar oshib ketgandi. ELdagi g'alaba men uchun dalda bo'ldi. Lekin negadir xayolimdan bu ikkinchi uyimdagi so'nggi zafarim, degan o'y o'tdi. «Ayntraxt»dagi davrimni mamnuniyat va huzur bilan eslayman. Klubning har bir xizmatchisiga menga bo'lgan ishonch va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirishni istayman. Ayniqsa, meni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan mamnunman. Og'ir damlarda ham ular doimo yonimda bo'ldilar. Oxirgi haftalarda «Xinti-Kubok» xususida yangiliklar paydo bo'ldi. Mavzu ko'lami va muhokamasidan yaqinda xabar topdim. Bu kubokni juda sevaman. Ayrim so'zlarim muxlislarga og'ir botgan bo'lishi mumkin. Buning uchun ulardan uzr so'rayman. Yuz bergan voqeadan afsusdaman. Takrorlayman: reaktsion, chidab bo'lmaydigan, insonga xos bo'lmagan g'oyalarni qoralayman. Meni yaxshi taniydiganlar buni biladilar. Hozir bu ko'ngilsizliklardan uzoqlashib, hayotimni yangi yo'nalishga burib olishim lozim», - deydi Martin.
Odatda, Xinteregger turnirni Germaniyada tashkil etardi. Lekin bu gal «Ayntraxt» ELda g'olib chiqqach, futbolchi «Xinti-Kubok»ni Avstriyadagi jonajon Karintiya provintsiyasiga ko'chirgandi. Germaniyalik muxlislarning yo'l xarajatlarini futbolchi o'z zimmasiga oldi. Tadbirga bir necha ming kishi kelishini inobatga olib, turli ko'rgazmalar va kontsertlarga mo'ljallangan qasrni ijaraga oldi. Keyin buning sharafiga Genrix va Elizabet Zikllar bilan suratga tushdi. Ular taniqli siyosatchilar bo'lib, Genrix Zikl 2021 yilgacha Grats shahar kengashida Avstriyaning ozodlik partiyasi (FPO) vakili sifatida ishlagan, o'smirlik chog'ida «Milliy front» nemis neonatsist tashkiloti a'zosi edi. 1992 yilda tashkilot faoliyati taqiqlandi.
Genrixning onasi Elizabet Zikl esa 2000 yilda Avstriya ijtimoiy ishlar vaziri lavozimida ishlagan, u ham FPO a'zosi edi. Gap faqat birgalikda tushilgan suratda emas: «Xinti-Kubok» sahifasidagi ma'lumotga ko'ra, musobaqani Martinning Hinti Event GmbH tizimi tashkil etgan, muassasa Avstriyaning Zirnitsa shahrida ro'yxatdan o'tgandi. U ikki nafar teng huquqli sheriklar - Martin Xinteregger va Genrix Ziklning 12 ming evrolik sarmoyalari evaziga joriy etilgandi. Ma'lum bo'lishicha, Genrix «Xinti-Kubok»ni moliyalashtirar va to'liq nazorat qilar ekan.
Kubok turnirida frankfurtlik Vega reperining ishtirok etgani ham jurnalist Bonvalotga ma'qul bo'lmagandi. Chunki u ham «Ayntraxt»dagi reaktsion guruh a'zosi edi. Xintenegger uzr so'radi va Zikllar oilasi bilan aloqani uzdi. To'satdan boshlangan tergov ishlari Martinni g'aflatda qoldirgan bo'lsada, u tezda o'zini o'nglab oldi va uzr so'radi.
S.RAHMONOV tayyorladi
Manba: «Interfutbol» gazetasi