So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Navbahor» Pro liga klubini mag'lub eta olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
Davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish, futbolchilarning jismoniy holatlarini saqlab turish, shuningdek, tarkibga yangi qo'shilgan o'yinchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida, 25 iyul kuni “Navbahor” Pro liga vakili Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi navbatdagi nazorat – sinov bahsini o'tkazdi.
Ta'kidlash joizki, Yaypandagi “O'zbekiston” o'yingohida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda Samvel Babayan aralash tarkibni sinovdan o'tkazishdi, aniqrog'i, maydonda ko'proq yoshlar harakat qilishdi. “Navbahor”ni maydonga sardor sifatida esa tajribali himoyachi Stanislav Andreev boshlab tushdi.
Uchrashuv borasida to'xtaladigan bo'lsak, bellashuvning 1-bo'limida tashabbus ko'proq mezbonlar tarafida bo'ldi. Jumladan, birinchi 45 daqiqalikda maydon egalaridan Asliddin Toshtemirovning zarbasiga aniqlik etishmagan bo'lsa, Humoyun Murtazoev va Doniyor Ismoilovning zarbalaridan so'ng, jamoamiz darvozaboni Rahimjon Davronov o'z mahoratini namoyish etib, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Birinchi bo'lim yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida mehmonlar jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Nurillo To'xtasinovning darvozadan 35 metrlar chamasi uzoqlikdan amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng, to'pni “Turon” darvozaboni Nizomiddin Ziyovutdinov qiyinchilik bilan qaytardi.
Uchrashuvning 2-bo'limida har ikki jamoa tarkibida o'zgarishlar yuz berdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda ustunlik “lochinlar” tarafida bo'ldi. Jumladan, “Navbahor”ning navbatdagi hujumlaridan birida zaxiradan maydonga tushirilgan Lutfulloh Nuriddinovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Shuningdek, yana 2-3 ta vaziyatda “Turon” posboni Nizomiddin Ziyovutdinov o'z mahoratini namoyish etdi.
Mezbonlar tomonidan uyushtirilgan 2–3 ta xavfli hujumni esa "Navbahor"ning 2-bo'limda zaxiradan maydonga tushirilgan mahoratli darvozaboni Ozodbek Ma'rupov o'z mahoratini namoyi etgan holda, bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Natijada mazkur o'rtoqlik bahsida hisob ochilmadi – 0:0.
O'rtoqlik o'yini
“Turon” – “Navbahor” – 0:0
Yaypan. “O'zbekiston” o'yingohi. 153 tomoshabin.
Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Shohruh Azamov, Jahongir Isaqov.
“Turon”: Nizomiddin Ziyovutdinov, Xushnudbek Avilov, Marlen Chobanov, Sergey Morozov, Asliddin Toshtemirov, Jasurbek O'rinov, Boburbek Qosimov, Sardor Telyakov, Abdulazizxon Abdurashidov, Doniyor Ismoilov, Humoyun Murtozaev.
Zaxiradagilar: Akmal Tursunboev, Sardor Abduraimov, Sardor Abdunabiev, G'olibbek Sariboev, Siyovush Habibulloev, Sharifbek Rahmatov, Denis Ostrovskiy, Mirzohid Mirzamahmudov, Miraziz Mahammadaliev.
“Navbahor”: Rahimjon Davronov, Stanislav Andreev, Abror Karimov, Davronbek Olimjonov, Husan G'anijonov, Jahongir Tursunov, Kamronbek Ne'matjonov, Elguja Grilashvili, Nurillo To'xtasinov, Muzaffar Mo'minov, Tohir Rafaelov.
Zaxiradagilar: Ozodbek Ma'rupov, Doniyor Mirzaqayumov, Elyor Mo'minqulov, Bunyod Rahimov, Sarvar Bahodirov, Asadbek Jo'raboev, Lutfulloh Nuritdinov.
“Navbahor” matbuot xizmati.