So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Og'ir atletika: Mirhosil Mirzaboev va Nurbol Abdurashitov 3 tadan medal qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Poytaxtimiz Toshkentda og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kunida ham hamyurtlarimiz medallar jamg'arishdi. +109 kg vazn toifasidagi qatnashgan hamyurtimiz Mirhosil Mirzaboev dast ko'tarish mashqida oltin, siltab ko'tarishda bronza va ikki kurash bo'yicha kumush medalni qo'lga kiritdi.
+109 kg:
1. Alirizo Isfandiyoriy (Eron) – 386 (195+211) kg
2. Mirhosil Mirzaboev (O'zbekiston) – 382 (176+206) kg
3. Jiyong Nam (Janubiy Koreya) – 371 (159+212) kg
Kecha U-17 toifasida -109 kg vazndagi Nurbol Abdurashitovning 316 (145+171) kg natijasi hamyurtimizga U-20 yo'nalishida 3 ta bronza medalini taqdim qildi.
Avvalroq, bugungi belashuvlarda Tursunoy Jabborova 3ta oltin, Kamola Karimova 3ta bronza medalni qo'lga kiritgan edi.
Bugun soat 20:00da og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yopilish marosimi o'tkaziladi.