So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ajabo, bir tomonda 91:1, ikkinchi tarafda 95:0...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
Serra-Leone chempionati ikkinchi divizionidan o'rin olgan 2ta o'yinda aqlni shoshirib qo'yadigan hisoblar qayd etildi.
«Kaxunla Reynjers» jamoasi «Lumbebu Yunayted»ni 95:0 (!), «Galf» esa «Kokima Livan»ni 91:1 (!) hisobida engdi. Bu qanaqasi? O'zi gap futbol haqidami yoki basketbol...?
Tabiiyki, «qop tugul, qanorga ham sig'mas» bunday natijalar mamlakat futboli mutasaddilarida katta shubha va savollarni keltirib chiqardi. Yakunda Serra-Leone futbol assotsiatsiyasi har ikki o'yin natijasini bekor qilib, bu borada alohida tekshiruv boshladi. Axir ikki o'yinda 187ta gol urilishi...
Tafsilotlarga to'xtalsak, oxirgi tur oldidan elit ligaga chiqish uchun da'vogar ikki klub - «Galf» va «Kaxunla Reynjers»da ochkolar miqdori teng bo'ldi. Qisqasi, finishda barchasini gollar nisbati hal qilishi ehtimoli oshdi. Yakunda «Galf» bechora «Kokima Livan»ni 91:1 hisobida engdi, «Kaxunla Reynjers» esa «Lumbebu Yunayted» darvozasiga javobsiz 95ta gol urdi. Aytish joiz, Serra-Leone futboli o'z tarixida bu kabi yirik hisoblarni ko'rgan emasdi. Eng qizig'i, ushbu g'alati o'yinlarning birinchi bo'limi tegishlicha 2:0 va 7:1 hisoblarida xotima topgandi. Shuningdek, «Galf» ishtirokidagi o'yin hakami ikkinchi bo'limda ishlashdan bosh tortgan va u almashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, megahisoblarga bukmekerlik faoliyatining mutlaqo aloqasi yo'q. Oddiy aytganda, bir vaqtda boshlangan o'yinlarda «Kaxunla Reynjers» va «Galf» jamoalari o'rtasida gollar nisbatini yaxshilash uchun o'zishuv borgan. Serra-Leone futbol federatsiyasi bayonotiga ko'ra, har ikkisiga «kelishilgan o'yin» tashxisi qo'yildi, lekin barchasi tekshiruvlardan so'ng oydinlashadi. Hozirda tegishli tashkilot 4ta klub futbolchilarini ham, hakamlarni ham so'roqqa jalb etgan. «Bunday sharmandali holatni chetdan jim kuzatib turishga haqqimiz yo'q. Ushbu «tomosha» tashabbuskorlari jazolanishlari shart», - dedi Serra-Leone futbol federatsiyasi rahbari Tomas Deddi Brima. «Kaxunla Reynjers» direktori esa sportga xos bo'lmagan har qanday harakatga nisbatan qat'iy chora ko'rilishini ta'kidladi. «Galf» vakillari qandaydir izoh berishdan tiyilayotgan bo'lsalar, «Kokima» rahbari oxirgi o'yinga shunchaki, «o'rtoqlik» sifatida qarashganini ma'lum qildi.
Manba: «Interfutbol» gazetasi