Teletransliyatsilar, ularning sifati, sharhlovchilar masalasi – Diyor Imomxo'jaev
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 825
Teletransliyatsilar, ularning sifati, sharhlovchilar masalasi, takror kadrlar borasidagi savollarga javob bermayman. Chunki bu savollar to'g'ridan-to'g'ri telekanal uchun bo'lishi kerak.
Hakamlar masalasidagi savollarga ham bu erda javob berilmaydi. Hakamlar qo'mitasi O'FA qoshida tashkil etilgan. Biz O'zPFL uchun javobgarmiz. Hatto o'zim ham qaysi o'yinga qaysi hakam tayinlanganiga mutlaqo qiziqib ko'rmayman.
Bilganim, Sport-TV bor imkoniyatidan kelib chiqib, faoliyat olib boryapti. Chempionat o'yinlari nega ko'rsatilmaydi, qabilidagi savollar bo'lardi. Endi esa o'yinlarning hammasi olib berilmoqda va savollar nisbatan o'zgargan. Bu sekinlik bilan bo'lsa-da o'sish borligidan dalolat.
Diyor Imomxo'jaev