So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Alpomish» va «Barchinoy» testlarini o'tkazish Sariosiyodan boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 811
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 29 yanvardagi “O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to'g'risida”gi qaroriga asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport me'yorlarini o'z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlari o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan edi.
O'tgan davr mobaynida vazirlik tomonidan aholining barcha qatlamlari o'rtasida o'tkaziladigan ushbu testlarni to'g'ri tashkil etish, ishtirokchilarning ommaviyligini ta'minlash bo'yicha hududiy bo'linmalarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Kuni kecha yurtimizda ilk marotaba ushbu test sinovlari Surxondaryo viloyatining eng chekka hududlaridan biri bo'lgan Sariosiyo tumani aholisi o'rtasida o'tkazildi.
Ushbu ommaviy sport tadbirida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ham ishtirok etib, aholining keng qatlamlari o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqalarni tashkil etish jarayonini sinovdan o'tkazildi.
Musobaqa tarzida tashkil etilgan testlarni 6 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan 100 nafarga yaqin xohlovchilar turli yosh toifalari bo'lingan holda bajarishdi.
Masalan eng yosh ishtirokchilar mokisimon yugurish, arqonda sakrash, tennis to'pini nishonga urish, joydan uzunlikka sakrash kabi mashqlarni bajarishgan bo'lsa, 60 yoshdan oshganlar 30 yoki 60 metrga yugurish, 3 kilometrga skandinavcha yurish, past turnikda tortilish kabi shartlarni bajarishdi.
Bayramona va ko'tarinki kayfiyatda o'tgan tadbirda ishtirokchilari har bir shart bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etishga astoydil harakat qilishdi.
Har bir shart bo'yicha bahslar yakunida murabbiylar va sportchilar ishtirokchilarga o'zlarining jismoniy imkoniyatlarini yaxshilash uchun bajarishi lozim bo'lgan mashqlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.
Sinovlar davomida umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me'yorlari bajarishda insonlarga qulaylik yaratish, ishtirokchilar sonini yanada oshirish bo'yicha turli yosh toifasidagi insonlarning fikrlari tinglandi.
Mazkur tadbirni o'tkazishda orttirilgan tajriba va ishtirokchilarning o'rinli takliflari asosida musobaqalarni tashkil etish jarayoni takomillashtirilib, barcha hududlarda o'tkazilishi yo'lga qo'yilmoqda.