Messi yana bir rekordni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1333
Kecha Ispaniya chempionati 35-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvda “Barselona” o'z uyida “Levante”ni qabul qildi. Qo'lga kiritilgan ushbu g'alabadan so'ng “Barselona” navbatdagi chempionlikni tantana qildi.
“Ko'k-anorranglilar” klubi hujumchisi Lionel Messi “Barselona” tarixida 10 marotaba La liga chempionligini qo'lga kiritgan birinchi futbolchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Fransisko Xento La liga tarixida eng ko'p chempionlikni qo'lga kiritgan futbolchi hisoblanadi.
Xento 12 marotaba La lila bosh sovrinini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!