So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Argentina sudi Maradonaning o'limida 8 kishini ayblamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradonaning 2020 yil noyabr oyida yuragi bexosdan to'xtab qolib, vafot etgani yuzasidan o'tkazilgan tergov natijalariga ko'ra, uning 8 nafar shifokori qotillik bilan bog'liq tergovga jalb qilinadi, deya xabar beradi Reuters.
22 iyun kuni e'lon qilingan 236 varaqdan iborat hujjatda sudya har bir ayblanuvchining faol yoki nofaol xatti-harakatlari halokatli natijaga olib kelgan va unga hissa qo'shganini shubha ostiga olmoqda. Qayd etilishicha, Maradonaga g'amxo'rlik qilgan 8 kishi, jumladan, shifokorlar, hamshiralar va psixologga nisbatan «umumiy qotillik» bo'yicha ayblov qo'yilgan, ya'ni ular odam o'limiga olib kelgan harakatni qasddan amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.
Maradonaning o'limini tekshirish uchun tuzilgan komissiya futbol yulduzining tibbiy jamoasi «noo'rin, noadekvat va o'ylamasdan ish tutgan» degan xulosaga keldi. O'z navbatida ayblanuvchilar Maradonaning o'limida javobgar ekanligini tan olmayapti. Sudyaning aytishicha, ba'zi advokatlar ishni tugatishni so'ramoqda.
Argentinada bunday turdagi jinoyatga, odatda, mamlakat jinoyat kodeksiga ko'ra, 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi. Sud jarayoni sanasi hali belgilanmagan.
Argentinalik afsona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan. Clarin tadqiqotlariga ko'ra, Maradonada surunkali yurak etishmovchiligi muammosi bo'lgan. Avvalroq Diego yuraktsiz dafn etilgani xabar qilingandi.