So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mirjalol Qosimov: «Nima bo'lishidan qat'i nazar AGMK oxirigacha kurashadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Olimpik"ka qarshi o'yindan keyingi tashkillashtirilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
— Yana o'sha gapimni takrorlayman. Menimcha, biz boshqa sayyoradan kelganmiz. AGMK nima bo'lishidan qat'i nazar oxirigacha kurashadi. Buni hozir kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga ham aytib o'tdim. "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yin endi tarixga aylandi. Biz kelasi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz. Afsuski, bugun tarkibda yana yo'qotishlarga duch keldik. Rahmonovda diskvalifikatsiya bo'lsa, Toshmatovda jarohat yuz berdi. Murodning holati haqida tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lumotga ega bo'lamiz.
— Mirjalol Qosimovdan barcha doim eng yuqori natijalarni kutadi. Bu jihat sizga qo'shimcha bosim yuklamaydimi?
— Avvalo men o'zim doim eng oliy maqsadni qo'yib, faqat eng yuqori o'rinlar o'rinlar uchun kurashaman. Nima bo'lishidan qat'iy nazar doim maksimal natijaga intilaman. Lekin bu doim ham o'xshayvermaydi. Chunki bu futbol, bu maydonda hal bo'ladigan narsa.
— Bo'lajak raqibingiz "Nasaf" va bugungi raqib "Olimpik" jamoalarining uslublarini ko'plab muxlislar bir-biriga o'xshatadi. Bu haqida siz qanday fikrdasiz?
— Futbol har doim ham o'yin bir xil chiqmaydi. Bilamiz, "Olimpik" kelajak uchun tayyorlanayotgan jamoa. Shu o'yinlar orqali Olimpiada yo'llanma beruvchi chempionatga taraddud ko'rmoqda. Kapadzening uslubini bilamiz, jamoasi to'p bilan muomula qilishini va qo'rqmasdan futbol o'ynashini talab qiladigan mutaxassis. "Nasaf" va "Olimpik" jamoalari futbolchilari yosh jihatdan ham tengqurligi va uslubi o'xshab ketishi bor gap. Agarda bu jamoalar tarkibida 1-2ta tajribali futbolchilar qo'shilsa, unda bu jamoaga faqat yaxshi taraflama xizmat qilardi.