So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Velosport: hamyurtlarimiz Hindistonda o'tgan Osiyo chempionatida 8ta medal qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. 18-22 iyun kunlari o'tgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8ta medal qo'lga kiritishdi.
Bugun chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning g'alabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.
Velosport bo'yicha OCh,
Yigitlar, ochkolar bo'yicha guruh poygasi (U-20)
1. Farruh Bobosherov (O'zbekiston) – 74 ochko
2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24
3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23
Shuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizaeva omnium, Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Shu tariqa, velotrek bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi qit'a birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi. Jamoamiz quyidagi yo'nalishlarda medallarga sazovor bo'ldi:
Oltin:
Farruh Bobosherov – yoshlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi
Bronza:
Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida individual poyga
Sofiya Karimova – qizlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi
Vladislav Troman – yigitlar o'rtasida omnium poygasi
Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi
Sofiya Karimova – qizlar o'rtasida skretch dasturi
Asal Rizaeva – qizlar o'rtasida omnium dasturi
Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova – ayollar o'rtasida medison, juftlik.
Sportni rivojlantirish vazirligi ushbu g'alaba bilan sportchilarimiz va murabbiylarni muborakbod etadi.