So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Camvel Babayan: «Jamoamiz uchun o'z maydonimizdagi uchrashuvlar qiyin kechadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
O'zbekiston Coca Cola Superligacining 12-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Odatdagidek, Samvel Vyacheslavovich o'z so'zini o'yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.
— Jamoamiz uchun o'z maydonimizdagi uchrashuvlar qiyin kechadi. Aslida bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Ammo g'alaba qozona olmadik. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Biroq gol ura olmadik. Bunga esa vaziyatlardan foydalana olmaslik sabab bo'ldi. Balki yigitlar ayrim holatlarda shoshqaloqqa yo'l qo'yishgandir, ayrim vaziyatlarda esa mahorat etishmagandir. Buning oqibatida ijobiy natija qayd eta olmadik. Lekin ushbu o'yinga e'tiroz ham bildirib bo'lmaydi. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bellashuvda to'liq ustunlik qildik, ammo omadimiz kelmadi. Bunday holatlar esa futbolda bo'lib turadi. Endi yana ishlashda hamda oldinga intilishda davom etamiz. Jamoamiz o'yinida o'sish bor va ertami-kechmi baribir natija keladi. Biz esa astoydil ishlashimiz lozim.
— Zoran Marushich bugun ko'plab qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Marushichning joriy mavsum boshidagi sport formasini yo'qotishi sababi nimada?
— Jismoniy taraflama Marushichning formasi joyida. Biroq yuzaga kelgan qulay vaziyatlardan foydalanishda muammo bo'layotgani bor gap. Ikki-uch marta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. To'g'ri, hujumchi gol urishi kerak. U harakat qilyapti. Biroq darvozaga to'p kirita olmayapti. Bunga nima sabab bo'layotganini esa muhokama qilamiz.
— Balki Zoran Marushichning vaziyatlardan foydalana olmayotganiga futbolchida psixologik muammolar borligi sabab bo'layotgandir. Bu borada fikringiz qanday?
— Faoliyatim avvalida ta'kidlaganimdek, Namanganda faqatgina ruhiy bosimga bardosh bera oladiganlargina o'ynay oladi. Muxlislarga to'la stadion o'yinga o'z ta'sirini o'tkazadi. O'ylashimcha, bu psixologiya bilan bog'liq emas. Bu natija keltirishni juda ham istaganlikdan kelib chiqadigan holat bo'lishi mumkin. Minglab muxlislar uylariga mamnun kayfiyatda ketishlarini juda xohlashdan shu kabi holatlar kelib chiqadi, deb o'ylayman. Marushich Gruziyada mavsumning eng yaxshi hujumchisi bo'lgan. Aynan shu sabab, biz uni “Navbahor”ga olib keldik. O'tgan mavsum hujumchilarimiz deyarli gol ura olishmadi. Zoran esa vaziyatlarni yakunlashni biladigan hujumchi. Balki unga sharoitga biroz moslashish kerak bo'layotgandir.
— Oxirgi o'yinlardan keyin berilayotgan savollarga deyarli bir xil javob bermoqdasiz, ya'ni, vaziyatlardan foydalana olmaslik, vaziyatlardan foydalana olmaslik... “Navbahor” esa “oltin ochko”larni yo'qotmoqda. Vaziyatlardan foydalana olmaslik borasida ishlashga kech bo'lmadimi? Jamoani birinchi davraning oxirgi ikki turida safarda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Tarkibdagi ayrim futbolchilarni almashtirish vaqti kelmadimi?
— Vaziyatlardan foydalana olmaslik ustida ishlash hech qachon kech bo'lmaydi. Bundan tashqari, biz bu masala ustida har doim ishlaymiz. “Oltin ochko”larga kelsak, biz ham qimmatli ochkolarni yo'qotayotganimizni tushunib turibmiz. Futbolchilarni alishtirish, jamoaga yangi o'yinchilarni olib kelish borasida gapiradigan bo'lsak, men ham jamoa tarkibini kuchaytirishni istagan bo'lardim. Bizda buni amalga oshirish uchun yana bir oy bor. Jamoani kuchaytirishda, hujum chizig'iga ko'proq e'tibor qaratamiz. Jamoada selektsiya ishlari davom etmoqda.
— Azimjon Ahmedovning jarohati bormi?
— Ayni vaqtda Azimjon Ahmedovda jarohat yo'q. Ammo “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazilgan nazorat o'yinida unda jismoniy tarafdan biroz muammo yuzaga keldi. Hozir Ahmedov tiklanish jarayonida.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.