So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov O'FA vakillari, terma jamoalar bosh murabbiylari hamda soha mutaxassislari bilan uchrashdi. Unda yurtimiz mezbonligida o'tkazilgan ikki turnir — U-23 Osiyo kubogi va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralash bosqichi hisoboti va keyingi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida yurtimiz may-iyun oylarida Osiyoning futbol markaziga aylanganligi, umumiy hisobda 2000 ga yaqin xalqaro mutaxassislar, sportchi-murabbiylar, ekspertlar, skautlar hamda mehmonlar futbol tadbirlariga faol jalb etilganligi, butun Osiyoning e'tibori Toshkent, Namangan va Qarshi shahridagi o'yinlarga qaratilganligi ta'kidlandi.
Dastlab terma jamoalar bo'limi boshlig'i Usmon Toshev terma jamoalarni muvofiqlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, o'tkazilgan yig'inlar hamda keyingi musobaqalar xususida to'xtalib o'tdi. Assotsiatsiya rahbari ham, o'z navbatida, FIFA kunlarida yuqori saviyadagi jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish talabini qo'ydi.
Musobaqalar o'tkazish bo'limi boshlig'i Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov 1-19 iyun kunlari Toshkent va Qarshi shaharlarida o'tkazilgan U-23 Osiyo kubogiga ko'rilgan tayyorgarlik va uning tahlili yuzasidan ma'lumot berdi.
Shuningdek, Namangan shahrida MTJ ishtirokida o'tkazilgan saralash o'yinlarining hisoboti tinglandi. Ushbu musobaqa orqali viloyatda futbol infratuzilmasi rivojlanganligi, mehmonxonalar, mashg'ulot maydonlari hamda stadion yoritkichlari OFK standartlariga moslashtirilganligi aytib o'tildi.
Taqdimot davomida mazkur turnirlar tufayli O'FA tashkiliy qo'mita vakillari xalqaro musobaqalarda ishlash ko'nikmasini oshirganligi, yo'l qo'yilgan kamchiliklardan xulosa chiqarilib, keyingi turnirlarni yanada yuqori saviyada o'tkazish mumkinligi aytib o'tildi.
Shundan keyin O'FA rahbari so'z olib, ushbu ikki nufuzli turnirlarni tashkil etish va o'tkazishdagi sa'i-harakatlari uchun tashkiliy qo'mita a'zolari hamda assotsiatsiya mutaxassislarini e'tirof etdi. Musobaqalar muxlislarni maydonga qaytargani, jamoalar esa yaxshi o'yin ko'rsatganini aytib, keyingi turnirlarda bundan-da yuqori natijalar qayd etilishiga umid bildirdi.
Bundan tashqari, musobaqalarni o'tkazishda ko'rsatgan yordamlari uchun Qashqadaryo va Namangandagi mas'ullar hamda barcha stadionlar rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi. Oldindagi mas'uliyatli turnirlarga yanada yaxshi tayyorgarlik ko'rish, musobaqalar geografiyasini kengaytirib borish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Abdusalom Abdumavlonovich o'z so'zida oldimizdagi turnirlar, xususan, U-17 va U-20 terma jamoalarimiz ishtirokidagi chempionatlarga tizimli tayyorgarlik ko'rish lozimligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets, O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda ayollar terma jamoamiz bosh murabbiyi Midori Xonda o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Abdusalom Abdumavlonovich ayollar terma jamoasiga ham xuddi U-23 terma jamoasi kabi Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada yo'llanmasi ustuvor vazifa ekanligini eslatib o'tdi.
Manba: Telegram.me/FAUzbekistan