So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Chelsi” va Granovskaya ertagi yakunlanmoqda. Dunyoning eng yaxshi sport direktori iste'fosidan kim manfaatdor?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Evropaning eng yaxshi sport direktori – Marina Granovskaya “Chelsi”ni tark etadi. Bu haqda Angliyaning etakchi nashrlari xabar berdi, ulardan birinchisi “The Telegraph” edi. Hozirda barchani bitta savol qiziqtirmoqda. Endilikda APL top-klubida transferlar va shartnomalarni kim boshqaradi?
Joriy yilning may oyida yangi xo'jayinlar “Chelsi” sport direktorining faoliyatini yuqori baholagani va uni saqlab qolishni istayotgani xabar qilingandi. Biroq, vaqt o'tishi bilan qarama-qarshi xabarlar paydo bo'la boshladi. Endi rahbariyat Granovskayaning ketishi haqida haqiqatdek gapirishmoqda (garchi rasmiy ravishda bu hali haqiqatga aylanmagan bo'lsa-da).
Qayd etilishicha, Granovskaya jamoani deyarli 20 yildan beri “Chelsi” boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Bryus Bakning ketishi tufayli tark etmoqda. 2003 yilda u Roman Abramovichning klubni sotib olishida muhim rol o'ynagan shaxslardan biri edi.
47 yoshli mutaxassis Joze Mourinoni “Chelsi”ga qaytardi va Jon Terrini klub shartlariga ko'ra qayta shartnoma imzolashga majbur qildi. Bundan tashqari 2009 yilda top-klublardan taklif olgan Dide Drogba bilan yangi shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi.
“Endi iste'foga chiqish va yangi xo'jayinlaruchun Londonda mustahkam poydevor qurishga imkon berishning eng zo'r vaqti keldi”, – degan edi Bak so'nggi intervyusida. “The Guardian” nashrining yozishicha, yangi xo'jayin Todd Bouli klubga o'zi raislik qilishdan manfaatdor bo'lishi mumkin. Evropaning eng yaxshi futbol insayderi Fabritsio Romanoning aytishicha, Bouli Lukakuni “Inter”ga ijaraga berish masalasi bilan shaxsan shug'ullanmoqda.
Marina Granovskaya 2010 yilda Abramovichning ishonchli odamiga aylandi. 2013 yildan esa klub direktorlar kengashi a'zosiga aylandi. Oradan besh yil o'tgach, 2018 yilda “Forbes” uni xalqaro sportdagi eng kuchli ayol sifatida tan oldi. 2021 yilda esa Italiyaning “Tuttosport” nashri Granovskayani Evropaning eng yaxshi futbol menejeri, deb tan oldi. Bu klubning Chempionlar ligasidagi g'alabasi fonida sodir bo'ldi.
Biroq o'tgan yilgi transferlar mavsumi klub uchun omadlikelmadi. “Atletiko”dan xarid qilingan Saul o'zi haqida juda noaniq taassurot qoldirdi. Lukaku bilan bog'liq vaziyat esa yanada achinarli bo'lib chiqdi. U “aristokratlar” uchun 113 million evroga tushdi, lekin o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi (shuningdek, uning shov-shuvli intervyusi ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi). Endi hujumchi sobiq klubiga ijaraga berib yuborilishi mumkin.
Shunga qaramay, agar Granovskayaning “Chelsi”dagi butun davri haqida gapiradigan bo'lsak, bu aniq ijobiy taassurot uyg'otadi. Xarajatlar va sovrinlar nisbati, umuman olganda, investitsiyalar o'zini oqlaganligini aniq ko'rsatmoqda.
“Granovskaya bilan gaplashganingizda, siz to'g'ridan-to'g'ri Abramovich bilan gaplashayotganingizni taxmin qilishingiz mumkin”, – degan edi “Volfsburg” sobiq menejeri Klaus Allofs.
Yangi xo'jayinning aytishicha, transfer masalalarida bosh murabbiyning roli oshiriladi. Agar shunday bo'lsa, unda bu mutlaqo tushunarli ish formatini yuzaga keltiradi. Hozirda Premer liganing aksariyat jamoalarida murabbiy va klub direktori vakolatlari deyarli bir xil.
Bundan tashqari Todd Bouli klubining ma'lum qismini mustaqil ravishda yopishni rejalashtirmoqda. Basketbol va beysbol klublari hamda boshqa aktivlarga ega bo'lgan amerikalik biznesmen Angliyadagi loyihaga ustuvor ahamiyat berishiga shubha bor. Umuman olganda, amerikalik xo'jayinlardan norozilik APL klublari muxlislari orasida juda mashhur. Muxlislarning muntazam noroziliklariga “Manchester Yunayted” va “Arsenal” yorqin misol bo'la oladi.
Shuningdek, yana bir katta savol – Marina Granovskayaning keyingi manzili qaer bo'ladi? Uning Rossiya top-klublaridan birida ish boshlashi mumkinligi haqida gap-so'zlar mavjud bo'lsa-da, Granovskayaning RPL klubida paydo bo'lishi printsipial jihatdan mumkin emas.
Granovskaya ega bo'lgan maqomi va aloqalari tufayli APLda osongina ish topishi mumkin. Lekin uni “Chelsi”dan boshqa joyda tasavvur qilish qiyin. Ha, u avvalgidek 100 foiz ishonchli bo'lgan joyga bora oladi. Biroq, yillar davomida faoliyat yuritgan muhitdan voz kechish mushkul bo'ladi.
Aslida, uning uchun eng ideal variant bu Abramovichning yangi klubi. Avvalroq, Roman Abramovich Ispaniyaning “Valensiya” va Turkiyaning “G'yoztepe” klublarini sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq, bularning barchasi soxta bo'lib chiqdi.
Granovskayaning “Chelsi”dagi asosiy o'rni – transfer siyosati, xususan, bitimlarda klub uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo'lgan. Nima bo'lganda ham “aristokratlar”ning yangi rahbariyati jamoa muvaffaqqiyatiga ulkan hissa qo'shgan rossiyalik mutaxassisni ishdan bo'shatishi, kelajakda qimmatga tushishi mumkin. Chunki futbol bu kabi holatlarga ko'p bor guvoh bo'lgan.