«Dinamo» - «Navbahor» uchrashuvini Xayrulla Hamidov sharhlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 656
Superliga 6-turi doirasidagi «Dinamo» - «Navbahor» uchrashuvini Samarqanddagi stadiondan Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.
Bungacha “Dinamo” ishtirokidagi uy uchrashuvlarini sharhlovchilardan Bobur Akmalov, Abdulla Nurmonov, Eldor Mustafoevlar sharhlab borishgandi. “Dinamo” stadionida o'tadigan bu safargi e'tiborli bahsni taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov “jonli efir”da sharhlab boradi.
Qayd etish joiz, Xayrulla Hamidov 2009 yilda “Samarqand” telekanali orqali muntazam ravishda “Dinamo” jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni sharhlab borgan.
Eslatib o'tamiz, “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvi 26 aprel juma kuni soat 17:30 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!