O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1088
2020 yilda o'smirlar (U16) va yoshlar (U16) o'rtasidagi Osiyo chempionatining final bosqichi bo'lib o'tadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu musobaqani o'zida qabul qilishni istagan mamlakatlar ro'yxatini e'lon qildi.
"Futbolium" telegram kanali tarqatgan xabarga ko'ra, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi o'smirlar o'rtasidagi qit'a chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan.
Har ikkala musobaqaga mezbonlik qilishni istagan mamlakatlar:
— Eron
— Qatar
— Saudiya Arabistoni
— Myanmar
— Vetnam
Faqat o'smirlar o'rtasidagi musobaqaga mezbonlik qilishni istagan davlatlar:
— Iordaniya
— Qirg'iziston
— O'zbekiston
— Indoneziya
— Laos
— Singapur
Faqat o'smirlar o'rtasidagi musobaqaga mezbonlik qilishni istagan davlatlar:
— Bahrayn
— Iroq
— Tojikiston
— Kamboja
— Xitoy Taypeyi
Eslatib o'tamiz, 2008 va 2010 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Toshkentda bo'lib o'tgan. Yoshlar o'rtasidagi qit'a chempionati hali yurtimizda tashkil etilmagan.