Qo'qonda katta futbol turniri start oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 694
Barchangizga ma'lumki muhtaram Prezidentimizning sportga, xususan, futbolga bo'lgan e'tiborlari tufayli, yurtimizda “millionlar o'yini” yildan yilga rivojlanib bormoqda.
O'zbek futboli haqida gap ketar ekan, dastavval barchaning yodiga Qo'qon shahri keladi, chunki Qo'qon o'zbek futbolining vatani hisoblanadi. Qo'qon shahrida o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlarining umrlarini bag'ishlagan insonlar judayam ko'pchilikni tashkil qiladi.
Ayni kunlarda Qo'qon shahrida o'zbek futboliga tamal toshini qo'ygan, Qo'qon shahrida "millionlar o'yini"ning rivoji uchun katta hajmdagi ishlarni bajargan futbol fidoiylari xotarasiga bag'ishlangan “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan turnir bo'lib o'tmoqda.
Turnirda faxriy hamda havaskor futbolchilar ishtirok etishmoqda. Respublikamizdagi eng chiroyli sport majmualaridan biri bo'lgan “Ahmadxon” sport majmuasida bo'lib o'tayotgan turnirda jami 16ta jamoa 4 guruhga bo'lingan holda ishtirok etishmoqda.
“A” guruhi
1. Aziztepa
2.Lokomotiv
3. Spartak
4.Progress
“B” guruhi
1. Avg'onbog'
2. Shahar
3. Shayxon
4. Islom Nurmatov
“S” guruhi
1. 18-maktab
2. Kimyogar
3. Faxriylar-2
4. 1980
“V” guruhi
1. 40 yillik
2.Faxriylar-1
3.Akademik litsey
4. Versus
Turnir kecha 23 aprel kuni start oldi. Ertaga musobaqaning guruh bosqich o'yinlari yakuniga etadi. 26 aprel kuni chorak final o'yinlari bo'lib o'tsa, 27 aprelda yarim final bahslarini o'tkazish rejalashtirilgan. Turnirning 3-o'rini uchun o'yin hamda final bahsi 28 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Shu o'rinda Qo'qondagi turnir tashkiliy jihatdan professional darajada o'tayotganini, uchrashuvlarni respublikamizning tajribali hakamlari boshqarib borishayotganini alohida ta'kidlash lozim.
Quyida “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan musobaqadan olingan suratlarni tomosha qiling.