La liga. «Barselona» bugun chempionga aylanishi mumkin (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4802
Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Alaves» o'z uyida «Barselona»ni qabul qildi.
Valverde bu bahsda Rakitichga dam berishga qaror qilgan bo'lsa, Messini zaxirada qoldirdi. Maydon egalari tanaffusga qadar kataloniyaliklarning hujumlarini ishonch bilan bartaraf etishdi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki 10 daqiqasi ichida "ko'k-anorranglilar" o'zlariga xos uslubda xavfli hujum tashkil qilishdi va Karles Alenya undan samarali foydalandi. Ikkinchi gol ham o'zini ko'p kuttirib qo'ymadi. Hakam "Alaves" darvozasi penalti belgiladi va o'z qarorini VAR yordamida tekshirib oldi. Luis Suares esa 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, amalda o'yin taqdirini hal qilib qo'ydi.
Ushbu g'alabadan keyin "Barsa" o'z ochkolarini 80taga etkazib qo'ydi. Kataloniyaliklar ikkinchi o'rindagi "Atletiko"dan 12 ochko oldinda borishmoqda. Diego Simeone jamoasi bugun "Valensiya"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchrasa, "Barselona" muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi. Aks holda chempionlik masalasi 27 aprel kuni bo'lib o'tadigan "Levante"ga qarshi uchrashuvga qoldiriladi.
Ispaniya La ligasi, 34-tur
Alaves – Barselona 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 54 Alenya, 0:2 – 60, penalti Suares.
Alaves – Pacheko, Vigaray, Laguardia, Eli (Tvumasi, 71), Ximo Navarro, Duarte, Rolan (Brashanats, 46), Vakaso, Pina, Xoni Rodriges (Gvidetti, 81), Baston.
Barselona – ter Shtegen, Nelson Semedu (Alba, 70), Pike, Umtiti, Serji Roberto, Vidal, Buskets, Alenya (Artur, 87), Dembele (Messi, 61), Suares, Koutino.
Ogohlantirishlar: Xoni Rodriges (33), Ximo Navarro (56), Koutino (76), Pina (90).