So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Isroil Madrimov imkoniyatni boy berib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 537
Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak final uchrashuvlari davom etmoqda. O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan ikki nafar bokschi yarim final yo'llanmasi uchun ringga chiqdi.
-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shukurjon Rahimov turkmanistonlik Xursand Imankulovga qarshi jang olib bordi. Ikkinchi raundda Rahimovning qoshi yorilgach, hakam jangni to'xtatdi. O'sha paytgacha ustunlikka ega bo'lgan Rahimov hakamlarning turlicha baholari evaziga, ochkolar hisobiga ko'ra, g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
-75 kg vaznda terma jamoa etakchisi Isroil Madrimov esa chorak finalda o'ta jiddiy raqib, qozog'istonlik Tursunbay Kulahmetga qarshi ringga chiqdi. Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan jangda Madrimov hakamlarning turlicha qarori bilan ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.