«Rubin» – «Andijon-2» bahsi Qibrayda, «Iftixor» — «Neftchi» o'yini esa Farg'onada bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1271
Bilasiz, 23-24 aprel kunlari Pro-liga jamoalari navbatdagi tur uchrashuvlarini o'tkazishadi.
Jumladan, 24 aprel, chorshanba kuni A Pro-liga 4-turi doirasida “Iftixor” jamoasi “Neftchi”ga qarshi bahs olib boradi. “Iftixor” klubi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Oltiariqdagi stadionda hamon qurilish ishlari yakunlanib ulgurmagani bois mazkur uchrashuvda “Neftchi” jamoasi mezbon maqomida o'ynaydi va uchrashuv “Neftchi” maydonida bo'lib o'tadi.
Qayd etish joiz, “Iftixor” jamoasiga joriy mavsum hisobidan oxirgi marta bunday imkoniyat shartli ravishda taqdim etilmoqda. Keyingi uy uchrashuviga qadar mazkur klub o'z stadionini to'la ta'mirdan chiqarib ulgurishi shart.
Shuningdek, 23 aprel, seshanba kuni B Pro-ligada ham 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Mazkur tur doirasida “Rubin” jamoasi “Andijon-2”ni qabul qiladi. Ushbu klub o'z uy o'yinlarini o'tkazadigan Ohangarondagi stadion maydoni holatiga 3 kun yog'gan yomg'ir o'z ta'sirini ko'rsatdi. Shu sababdan ohangaronliklar mazkur o'yinni Qibrayda o'tkazish so'rovi bilan chiqishdi va PFL vaziyatni inobatga olgan holda “Rubin” klubiga bu galgi bahsni Qibrayda o'tkazishga ruxsat berdi.