Tur futbolchisi – Ro'zimboy Ahmedov
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1310
Stadion.uz talqiniga Superliga 5-turining eng yaxshi futbolchisi deb "Andijon" hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov topildi.
"Burgutlar" hujumchisi Ro'zim Ahmedovning "Nasaf"ga qarshi kechgan bahsda jamoasining joniga oro kirdi. Ahmedov o'zining ikki goli bilan “burgutlar”ning mavsumdagi ilk g'alabasini ta'minladi. Ro'zimboy nafaqat ikkita gol urdi, balki birinchi golda ham munosib ishtirok etdi aynan uning zarbasi gol bo'layotganda Ubaydullaev kirib ketayotgan to'pni darvozaga yo'lladi.
Shu tariqa, “Andijon” o'z maydonida “Nasaf”ni 3:1 hisobida taslim etdi. Ro'zimboy Ahmedov easa Superligadagi gollari sonini 2taga etkazdi.
Demak, Superliga 5-turining eng yaxshi futbolchisi Ro'zimboy Ahmedov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!