Bu borada top-5 ligalarda Benzemaga teng keladigani yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 645
"Real" hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida "Atletik"ga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qildi.
Frantsiyalik futbolchi ushbu mavsumning barcha musobaqalarida 30 ta gol muallifi bo'ldi. Ularning 11 tasini bosh bilan kiritdi.
Bu top-5 ligalar orasida bosh bilan urilgan gollar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich. Ikkinchi o'rinda "Kalyari" hujumchisi Leonardo Pavoletti - 9 ta gol. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), Robert Levandovskiy ("Bavariya") va Kristian Stuani ("Jirona") kabi hujumchilarda bunday gollardan ettitadan bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!