Andrey Shipilov: «O'z xatolarimiz evaziga jazolandik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 773
“So'g'diyona” – “Metallurg” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Rosti, raqib jamoada biz bilan o'yin oldidan yangi murabbiy ish boshlaganidan biroz havotirim bor edi. Zero yangi murabbiy qo'l ostidagi dastlabki uchrashuv hamisha o'zgacha taassurotlar bilan o'tadi. Jizzaxliklar bugun ruhiy bosimni enggib o'ta olishdi va ajoyib 2 ta gol kiritishdi. Biz esa o'z xatolarimiz evaziga jazolandik. Gollardan so'ng maydonga yangi futbolchilarni tushirdik, ular qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Lekin bu xatto bir ochko olishimizga ham etarli bo'lmadi. Jizzax jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa o'z xatolarimizni tuzatish ustida ishlashda davom etamiz, - dedi mutaxassis.