So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL tarixida sensatsion ravishda yarim finalga chiqqan jamoalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1128
«Ayaks»ning EChLda yarim finalga qadar etib kelgani ko'pchilik uchun kutilmagan hodisa bo'lgani aniq. Bugun yaqin o'tmishdagi sensatsion ravishda turnirning yarim finaliga qadar etib kelgan klublarni yodga olamiz
«Deportivo»
O'rtamiyona klublar sirasiga kiruvchi jamoa 2003 -2004 - yilgi mavsumda ichki chempionatda g'alaba qozonib hammani hayratda qoldirgan bo'lsa, YChLdagi fantastik o'yinlari bilan o'zlarini ham hayratda qoldirishgan bo'lsa ajab emas. «Monako»dan guruhda 8:3 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olishlariga qaramasdan pley-offga chiqqan ispanlar «Yuventus»ni dog'da qoldirgani etmagandek, chorak finalda amaldagi chempion «Milan»ga mehmondagi uchrashuvdan 4 : 1 hisobida mag'lub bo'lib, javob uchrashuvida 4 : 0 hisobidagi g'alaba bilan yarim finalga etib kelishadi. Tarkibida Pablo, Luke, Tristan, Pandiani singari futbolchilari bor jamoani Jozening «Poru»si progmatik futbol evaziga to'xtatib qoladi. Shunday bo'lsada, o'sha mavsumdagi «Deportivo»ning o'yinlari muxlislar yodida abadiy qolishi aniq.
«Vilyarreal»
2005 – 2006 - yilgi mavsumlarda Manuel Pellegrini boshchiligidagi «Sariq suv osti kemasi» Evropani o'ziga qaratgan edi. «Manchester Yunayted»ni ikkinchi o'rinda qoldirib guruhdan chiqqan ispanlar avvaliga «Glazgo»ni so'ng «Inter»ni musobaqadan chiqarib yuborishadi. Yarim finalning ilk uchrashuvida mehmonda «Arsenal»ga minimal hisobda engilgan Pellegrini shogirdlari javob uchrashuvda so'nggi daqiqalarda penaltidan foydalana olmaydilar va alamli tarzda turnirni tark etishadi. Tarkibida Forlan, Senna, Rikelmi singari futbolchilari bo'lgan «Vilyarreal» 2005 – 2006 -yillar o'z tarixidagi eng kuchli mavsumlardan birini o'tkazgan edi.
«Monako»
2015 – 2016 – yilgi mavsumlarda Leonardu Jardim boshchiligidagi klub guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqadi. Gvardiola qo'l ostidagi «Manchester Siti» bilan bo'lgan fantastik to'qnashuvda g'olib bo'lgan jamoa «Borussiya Dortmund»ni ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldiradi va yarim finalga yo'l oladi. Tarkibida Mbappe, Bernardo Silva, Fabino, Lemar singari futbolchilari bor klubga yarim finalda biroz tajriba etishmagan edi. O'sha yilgi «Monako» safidagi futbolchilar hozirda super yulduzga aylanib ulgurishgani «Monako»ning o'sha paytda naqadar kuchli tarkibga ega ekanligini bildiradi desak, adashmagan bo'lamiz.
«Lion»
2009 – 2010 – yilgi mavsumda EChLda shov-shuv ko'targan frantsuzlar Kaka va Ronaldusi bor «Real Madrid»ni nimchorak finaldan ortga qaytishga majbur qilgan bo'lsa, chorak finalda «Bordo»ni mag'lubiyatga uchratib yarim finalga yo'l olishgan edi.
O'sha mavsum Ugo Loris EChL uchrashuvlarining 5 tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan bo'lsa, Piyanich 4 ta gol va 4 asist bilan grand klublar e'tiboriga tushgan edi. To'gri, klub «Bavariya»ga qarshi yarim finalda aytarli hech narsa qila olmagan bo'lsada, tarixdagi so'nggi jiddiy natija sifatida muxlislar tomoidan tez-tez yodga olinadi.