Badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 977
Bugun Toshkentda yirik musobaqalardan biri badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi start oldi. Biroz avval poytaxtimizdagi Gimnastika saroyida mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston gimnastika federatsiyasining mutasaddilari, sport jamoatchiligi va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu nafis sport turining ochilish marosimi ham o'zining jazibadorligi bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Jahon kubogi bosqichida dunyoning 23 mamlakatidan 80 ga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda. Musobaqa 21 aprelga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!