UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
Онлайн ТВ Смотреть прямой эфир бесплатно
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
Онлайн ТВ Смотреть прямой эфир бесплатно
“Real" Frantsiyadan "yangi Benzema"ni topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

Madridning “Real” klubi “Nitstsa” hujumchisi Amin Guiriga qiziqish bildirmoqda. Futbolchini "yangi Karim Benzema" deb atashyapti.
Guiri 2020 yilda "Nitstsa" tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi o'z o'yinlari bilan yaxshi taassurot qoldirdi va bir qancha top-klublar, jumladan, “Real Madrid”ning ham e'tiborini tortdi.
Ispanlar, ayniqsa, Erling Xoland transferidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, hujumchi topishdan manfaatdor. «Nitstsa» Guiri uchun 50-60 million evro talab qilishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda futbolchi Frantsiya chempionatida 36 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!