Andrey Fyodorov: «Bugun g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 810
“Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- Butun jamoamiz va uning barcha ishqibozlarini ushbu qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. Xolbuki bugun g'alaba osonlikcha qo'lga kiritilmadi. Biz “Buxoro”dan biroz boshqacharoq futbol kutgan edik. Har yili Buxoroga kelganda ancha qiyinchlikka duch kelamiz. Zero ushbu klub futbolchilari o'z maydonida borini berib harakat qilishadi. Qolaversa, ishqibozlar ham raqibni juda yaxshi qo'llab-quvvatlashadi. Bugun ham o'yin avvalida jamoamizda ancha bosim bo'ldi. Lekin quvonarlisi – yigitlar ushbu bosimni enggib o'ta olishdi va yakunda g'alaba qozondik, - dedi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!