Poytaxtimiz ikki yirik musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3271
Aprel oyi ko'plab xalqaro musobaqalarga boy. Ular orasida poytaxtimiz mezbonlik qiladigan turnirlar ham bor, albatta. Oy yakunigacha Toshkent 2 yirik musobaqani qabul qiladi. Ular velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati va badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi. Ertaga badiiy gimnastika bellashuvlariga start beriladi. Veloshosse bo'yicha bahslar esa 23 aprelda boshlanadi. Ikkala turnirda ham 20 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etadi. Milliy olimpiya qo'mitasi vakillari har ikki musobaqaga olib borilayotgan tayyogarliklar yuzasidan federatsiya bazasiga tashrif buyurib, jarayon bilan yaqindan tanishdi.
Badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichi Tokio Olimpiadasiga litsenzion ochkolar taqdim etadi. Veloshosse doirasidagi Women Elite va Men Elite yo'nalishlarida g'alaba qozonganlar Tokio Olimpiadasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma qo'lga kiritishadi. Shu bois ham unda qit'amizning barcha eng kuchli velosportchilari ishtirok etishadi.