EChL. «Liverpul» yarim finalda «Barselona» raqibiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3913
Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi juftliklari orasida faqat bitta o'yinda ko'p ham intriga yuz bermadi. "Liverpul" "Portu"ga qarshi javob o'yinida ham g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Mersisaydliklarning 4ta goliga mezbonlar bor-yo'g'i bir marta javob qaytarishdi. Shu tariqa, yarim finalda "Barselona" va "Liverpul" jamoalari o'zaro to'qnash keladigan bo'lishdi. Dastlabki o'yin "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.
Evropa chempionlar ligasi, chorak final, javob o'yini
Portu Portugaliya – Liverpul Angliya 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar: 0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Saloh, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.
Portu – Kasilyas, Pepe, Eder Militao, Telles, Felipe, Korona (Fernando, 78), Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Soares, 46), Braimi (Brunu Koshta, 81), Errera.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson (Xenderson, 71), Aleksander-Arnold (Gomes, 66), van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh, Origi (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36).
Birinchi o'yin – 0:2