Son Xeung Min Maksim Shatskixga tegishli rekordni yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 701
«Tottenxem» yarim himoyachisi Son Xeung Min Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi doirasida kechayotgan «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Koreyalik futbolchi bahsning 7 va 10-daqiqalarida aniq zarba bilan "shaharliklar" posbonini xafa qildi.
Shu tariqa, Son Xeung Min tomonidan EChL doirasida urilgan gollar soni 12taga etdi. Shu paytgacha EChLda eng ko'p gol urgan osiyolik futbolchi Maksim Shatskix bo'lib turgan edi — 11ta gol. Son Xeung Min hamyurtimizning rekordini yangiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!